Implantologiya
Implant qo'yish
Yo'qotilgan tishni titan implant va sirkoniy toj bilan to'liq tiklash.
4.500.000 – 9.000.000 so'm / 1 tish
Davolash muddati
3–6 oy
Xizmat muddati
20 yil va undan ko'p
Tashriflar
3–4 tashrif
Batafsil
Implant — tish ildizini almashtiruvchi titan vint. U jag' suyagiga o'rnatiladi va 3–6 oy ichida suyak bilan birikadi (osteointegratsiya). So'ng implant ustiga abatment va metall-keramika yoki sirkoniy toj qo'yiladi.
Klinikamizda Koreya (Osstem, Dentium) va Shveytsariya (Straumann) implantlari ishlatiladi. Muolaja mahalliy og'riqsizlantirish ostida bajariladi.
Afzalliklari
- Qo'shni tishlar charxlanmaydi
- Tabiiy tishdek ko'rinadi va chaynaydi
- Suyak yo'qolishining oldi olinadi
- Umrbod kafolat (implant brendiga qarab)
Davolash bosqichlari
- 1Konsultatsiya va 3D KT tekshiruv
- 2Implantni o'rnatish (30–60 daq)
- 3Bitish davri: 3–6 oy
- 4Formirovatel va abatment qo'yish
- 5Doimiy tojni o'rnatish
* Yakuniy narx shifokor ko'rigidan so'ng aniqlanadi va holatga qarab farq qilishi mumkin.